Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  18 Aprel 2018, 14:20


“ASIA ALLIANCE BANK” ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishini o’tkazish to’g’risida xabar beradi. Yig`ilish 2018 yil 25 aprelda soat 16:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli ko’chasi, 2a manzili bo’yicha joylashgan binosida o’tkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni ro’yxatdan o’tkazish soat 15:30 dan 16:00 gacha amalga oshiriladi.

Kun tartibi:

1.         Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilish o`tkazish reglamentini tasdiqlash;

2.         Bank Kengashi a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

3.         Bank Kengashi a’zolarining yangi tarkibini saylash.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2018 yil 19 aprel operatsion kun yakuni holatiga tuziladi.

Eslatib o’tamiz, aksiyadorlar Bank Kengashi a’zolariga nomzodlar haqidagi ma`lumot bilan bankda tanishib chiqish huquqiga egalar. Bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli ko’chasi, 2a, tel.: 231-60-00.

Ro’yxatdan o’tish va aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB

Valyuta kurslari

24.11.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10414.86
1 EUR = 12344.73
1 RUB = 136.69
1 GBP = 13833.02
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech