“ASIA ALLIANCE BANK” ATB bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar beradi. Yigʻilish 2023-yil 21-sentabr soat 10:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a manzil boʻyicha joylashgan binosida oʻtkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni roʻyxatdan oʻtkazish 2023-yil 21-sentabr soat 09:00 dan 09:30 gacha amalga oshiriladi.

Kun tartibi:

1) Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni oʻtkazish reglamentini tasdiqlash;

2) Bank sof foydasini taqsimlash va dividend toʻlash;

3) Bank e’lon qilingan aksiyalar miqdorini oshirish;

4) Bank ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida;

5) “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish toʻgʻrisida;

6) “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish toʻgʻrisida;

7) “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Boshqaruvi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

8) Bank Kuzatuv kengashining amaldagi tarkibining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

9) Bank Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;

10) Aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi boʻyicha qaror qabul qilish;

11) Bank Boshqaruvi raisini tayinlash;

12) Bankning tashkiliy tuzilishiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida;

13) “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Korporativ etika kodeksi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish;

14) “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Boshqaruvi a’zolariga haq va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2023-yil 15-sentabr operatsion kun yakuniga tuziladi.

Eslatib oʻtamiz, aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishining materiallari bilan bankda (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a. Tel.: 71-231-60-00) tanishib chiqish huquqiga egalar.

Roʻyxatdan oʻtish va aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.

Agar aksiyador axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida masofadan turib ishtirok etishni va ovoz berishni xohlasa, Bank masofaviy ovoz berishni tashkil etishi maqsadida, ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay Bankni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB

Kuzatuv kengashi