«ASIA ALLIANCE BANK» ATB bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar beradi. Yigʻilish 2024-yil 20-may soat 10:00 da «ASIA ALLIANCE BANK» ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a manzil boʻyicha joylashgan binosida oʻtkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni roʻyxatdan oʻtkazish 2024-yil 20-may soat 09:00 dan 09:30 gacha amalga oshiriladi.
Kun tartibi:
Eslatib oʻtamiz, aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishining materiallari bilan bankda (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a. Tel.: 71-231-60-00) tanishib chiqish huquqiga egalar.
Roʻyxatdan oʻtish va aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.
Agar aksiyador axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida masofadan turib ishtirok etishni va ovoz berishni xohlasa, Bank masofaviy ovoz berishni tashkil etishi maqsadida, ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay Bankni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
«ASIA ALLIANCE BANK» ATB
Kuzatuv kengashi