“ASIA ALLIANCE BANK” ATB aksiyadorlarning
navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida
xabarnoma
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar beradi. Yigʻilish 2025-yil 18 – fevral soat 10:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a manzil boʻyicha joylashgan binosida oʻtkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni roʻyxatdan oʻtkazish 2025-yil 18 – fevral soat 09:00 dan 09:30 gacha amalga oshiriladi.
Kun tartibi:
1) Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazish va uning kotibini tasdiqlash;
2) Bank Kuzatuv kengashining amaldagi tarkibi vakolatlarini tugatish;
3) Bank Kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash;
4) Bank Kuzatuv kengashi a'zolariga haq to'lash.
Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish 2025-yil 27-yanvar holatiga ko‘ra shakllantirilgan Bank aksiyadorlarining reestri asosida amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2025-yil 12 – fevral operatsiya kuni yakuniga tuziladi.
Eslatib oʻtamiz, aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishining materiallari bilan bankda (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a. Tel.: 71-231-60-00) tanishib chiqish huquqiga egalar.
Roʻyxatdan oʻtish va aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.
Agar aksiyador axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida masofadan turib ishtirok etishni va ovoz berishni xohlasa, Bank masofaviy ovoz berishni tashkil etishi maqsadida, ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay Bankni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB
Kuzatuv kengashi