“ASIA ALLIANCE BANK” ATB bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar beradi. Yigʻilish 2022-yil 10-noyabr soat 10:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a manzil boʻyicha joylashgan binosida oʻtkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni roʻyxatdan oʻtkazish soat 09:00 dan 09:30 gacha amalga oshiriladi.
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni oʻtkazish reglamentini tasdiqlash;
2. Bank Kuzatuv kengashining amaldagi tarkibining vakolatlarini tugatish;
3. Bank Kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2022-yil 4-noyabr operatsion kun yakuniga tuziladi.
Eslatib oʻtamiz, aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishining materiallari bilan bankda (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a. Tel.: 231-60-00) tanishib chiqish huquqiga egalar.
Roʻyxatdan oʻtish va aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.
Agar aksiyador axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etishni va ovoz berishni xohlasa, bu haqda bankni ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda masofaviy ovoz berishni tashkil etish uchun xabardor qilishi shart.
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB
Kuzatuv kengashi