“ASIA ALLIANCE BANK” ATB bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar beradi. Yigʻilish 2021-yil 30-dekabr soat 16:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a manzil boʻyicha joylashgan binosida oʻtkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni roʻyxatdan oʻtkazish soat 15:00 dan 15:30 gacha amalga oshiriladi.

Kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni oʻtkazish reglamentini tasdiqlash;

2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;

3. Majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish, 2021 yil natijalari boʻyicha Bank moliyaviy kovenantlar hisob-kitobini tasdiqlash uchun auditorlik tashkilotini tanlash, uning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdorini oʻrnatish va u bilan shartnoma tuzish;

4. Bank hisobidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishiga tayyorgarchilik koʻrish va uni oʻtkazish xarajatlarini tasdiqlash.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2021-yil 24-dekabr operatsion kun yakuniga tuziladi.

Eslatib oʻtamiz, aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishining materiallari bilan bankda (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a. Tel.: 231-60-00) tanishib chiqish huquqiga egalar.

Roʻyxatdan oʻtish va aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB