“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishini o’tkazish to’g’risida xabar beradi. Yig`ilish 2018 yil 9-favralda soat 10:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli ko’chasi, 2a manzil bo’yicha joylashgan binosida o’tkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni ro’yxatdan o’tkazish soat 09:00 dan 10:00 gacha amalga oshiriladi.

Kun tartibi:

1.         Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishni o`tkazish reglamentini tasdiqlash;

2.         Bank Ustaviga o`zgartirish kiritish.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok qilish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2018 yil 5-fevral operatsion kun yakuni bo’yicha tuziladi.

Eslatib o’tamiz, aksiyadorlar bankda Ustavga kiritilayotgan o`zgartirish loyihasi bilan tanishib chiqish huquqiga egalar (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli ko’chasi, 2a, “ASIA ALLIANCE BANK” ATB, tel.: 231-60-00).

Ro’yxatdan o’tish va aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi