“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi bank aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig`ilishini o’tkazish to’g’risida xabar beradi. Yig`ilish 2017 yil 11 mayda soat 10:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Taraqqiyot ko’chasi, 2a manzil bo’yicha joylashgan binosida o’tkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlarni ro’yxatdan o’tkazish soat 09:00 dan 10:00 gacha amalga oshiriladi.

Kun tartibi:

1.         Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig`ilishni o`tkazish reglamentini tasdiqlash;

2.         Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig`ilishi sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;

3.         Bank Kengashi Rasining 2016 yil yakunlari bo`yicha bank faoliyati natijalari va bank rivojlanish strategiyasiga erishish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar to`g`risida hisobotni eshitish;

4.         Boshqaruv Raisining 2016 yil yakunlari bo`yicha bank faoliyati natijalari va bank rivojlanish strategiyasiga erishish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar to`g`risida hisobotni eshitish;

5.         2016 yil yakunlari bo`yicha yillik hisobotni tasdiqlash;

6.         2016 yil yakunlari bo`yicha bankning yillik moliya-xo`jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo’yicha Taftish komissiyasining xulosasini eshitish;

7.         2016 yil yakunlari bo`yicha bank sof foydasini taqsimlash;

8.         Bank aksiyadorlariga dividend to’lash;

9.         Bank Kengashi a’zolarini saylash;

10.     Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;

11.     Bank Boshqaruv Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish;

12.     Affilangan shaxslar bilan bitimlarni ma’qullash;

13.     Bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko`rib chiqish;

14.     E’lon qilingan aksiyalarning eng ko`p miqdorini belgilash;

15.     Bank tomonidan joylashtiriladigan qo`shimcha aksiyalar olinishiga Bank aksiyadorlarining imtiyozli huquqini qo’llamaslik to`g`risida;

16.     Bank Ustaviga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish.

Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishida ishtirok qilish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2017 yil 4 may operatsion kun yakunidagi holat bo’yicha tuziladi.

Eslatib o’tamiz, aksiyadorlar bankda aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishining quyidagi materiallari bilan tanishib chiqish huquqiga egalar (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Taraqqiyot ko’chasi, 2a, “ASIA ALLIANCE BANK” ATB, tel.: 231-60-00):

“ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 2016 yil yakunlari bo`yicha yillik hisobot;

2016 yil yakunlari bo`yicha bankning yillik moliya-xo`jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo’yicha Taftish komissiyasi xulosasi;

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi va Taftish komissiyasiga nomzodlar to`g`risida ma’lumotlar;

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Ustaviga kiritilayotgan qo`shimcha va o`zgartirishlar loyihasi;

Taqsimlanishga taklif etilayotgan sof foyda, dividendlar miqdori, ularning Bankda qabul qilingan dividend siyosatiga muvofiqligi baholanishining asoslanishi;

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi aksiyadorlarning yillik umumiy yig`ilishi kun tartibi masalalari bo`yicha munosabati, shu bilan birga Bank Boshqaruv Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish bo`yicha xulosasi.

Ro’yxatdan o’tish va aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi