Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  27 Noyabr 2017, 17:12


“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risida xabar beradi, yig’ilish quyidagi manzil bo’yicha joylashgan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB binosida 2016 yil 30 sentyabrda soat 10-00da bo’lib o’tadi: 100047, Toshkent shahar, Taraqqiyot ko’chasi, 2a, bank elektron pochta manzili: info@aab.uz. Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar soat 09-00dan 10-00gacha ro’yxatdan o’tkaziladi.

Kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazish tartibini tasdiqlash.

2. 2016 yil 1-yarim yilligi yakunlari bo’yicha dividendlar to’lovi to’g’risida qaror qabul qilish.

3. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB ichki nazorati to’g’risida”gi Nizomni tasdiqlash.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok qilish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2016 yil 26 sentyabr operasion kun oxiridagi holat bo’yicha tuziladi.

Aksiyadorlar 100047, Toshkent shahar, Taraqqiyot ko’chasi, 2a manzili bo’yicha joylashgan (tel.: 231-60-00) “ASIA ALLIANCE BANK” ATBda aksiyadorlar umumiy yig’ilishining quyidagi materiallari bilan tanishib chiqish huquqiga ega ekanliklarini eslatib o’tamiz:

- taklif qilinayotgan sof foyda taqsimlanishi asoslari, dividendlar miqdori, ularning Bankda qabul qilingan dividend siyosatiga muvofiq baholanishi;

- “ASIA ALLIANCE BANK” ATB ichki nazorati to’g’risida”gi Nizom loyihasi.

Aksiyadorlarni ro’yxatdan o’tkazish va Aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlarda shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport), aksiyadorlar vakillarida esa – O’zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – yuridik shaxs tomonidan berilgan) bo’lishi kerak.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi.

Valyuta kurslari

01.12.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10427.38
1 EUR = 12473.23
1 RUB = 137.48
1 GBP = 13883.01
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech