“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi bank aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazish to’g’risida xabar beradi. Yig’ilish 2017 yil 31 yanvarda soat 10:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Taraqqiyot ko’chasi, 2a manzil bo’yicha joylashgan binosida o’tkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlarni ro’yxatdan o’tkazish soat 09:00 dan 10:00 gacha amalga oshiriladi.

Kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi ish tartibini tasdiqlash;

2. 2012 yil 31 may va 2013 yil 09 apreldagi Aksiyadorlar umumiy yig’ilishida tasdiqlangan auditorlik tashkiloti xizmatlariga to’lanadigan haqning eng yuqori miqdorini qayta ko’rib chiqish;

3. Bankning joriy moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bitimlarni belgilash;

4. “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning o’rta muddatli istiqbol uchun rivojlanish strategiyasini tasdiqlash;

5. “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning uzoq muddatli istiqbol uchun rivojlanish strategiyasini tasdiqlash;

6. “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning rahbarlik lavozimlari uchun tanlov asosida saralab olish tartibini tasdiqlash;

7. Bank Boshqaruvi Raisi va a’zolariga to’langan mukofot pullari va badallar (kompensasiyalar) miqdorlarini ko’rib chiqish;

8. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB xodimlari mehnatiga haq to’lash va rag’batlantirish to’g’risida”gi Nizomni tasdiqlash;

9. “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash;

10. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi to’g’risida”gi yangi tahrirdagi Nizomni tasdiqlash;

11. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi to’g’risida”gi yangi tahrirdagi Nizomni tasdiqlash;

12. Bankning tashkiliy tuzilishiga o’zgartirishlar kiritish va ularni tasdiqlash.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok qilish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2017 yil 25 yanvarda operasion kun yakunidagi holat bo’yicha tuziladi.

Eslatib o’tamiz, aksiyadorlar bankda aksiyadorlar umumiy yig’ilishining quyidagi materiallari bilan tanishib chiqish huquqiga egalar (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Taraqqiyot ko’chasi, 2a, “ASIA ALLIANCE BANK” ATB, tel.: 231-60-00):

- “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning joriy moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bitimlar ro’yxati;

- “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning o’rta muddatli rivojlanish strategiyasi;

- “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi;

- “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning rahbarlik lavozimlari uchun tanlov asosida saralab olish tartibi;

- “ASIA ALLIANCE BANK” ATB xodimlari mehnatiga haq to’lash va rag’batlantirish to’g’risida”gi Nizom;

- “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning yangi tahrirdagi Ustavi;

- “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi to’g’risida”gi yangi tahrirdagi Nizom;

- “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi to’g’risida”gi yangi tahrirdagi Nizom;

- “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning o’zgartirishlarni o’z ichiga olgan tashkiliy tuzilishi;

- “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashining aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi kun tartibiga qo’yilgan masalalarga tegishli nuqtai nazarlari.

Ro’yxatdan o’tish va aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi.