2017 yilning 1 avgustida Bankning Bosh ofisida “Visa kartasini och va Bali oroliga ikki kishilik sayohatni yutib ol” aksiyasi doirasida sovrinlarning yakuniy yutug’i o’ynaldi.

O’yinni o’tkazish davomida tashkilotchilar tomonidan doimgidеk tadbirning oshkora va holisona tarzda o’tkazilishiga e’tibor berildi. Tadbirda qatnashgan barcha aksiya ishtirokchilari o’z karta nomerlari lotereyada o’ynalayotganliklariga amin bo’ldilar. Tashrif buyurganlarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Bank nomidan sovg’alar ulashildi, yozning jazirama kunlarida mehmonlarga salqin ichimliklar, mevalar va muzqaymoqlar taklif qilindi.
Barcha hohlovchilarga lotereya qurilmasini aylantirish va undan sovrinli raqamlarni olish imkoni berildi. Quvonarlisi, ko’plab aksiya ishtirokchilari o’z farzandlari bilan tadbirga kelgan bo’lib, bolalarga ham o’yinda ishtirok etishga imkoniyat berildi. O’yinda 5 ta maishiy texnika sovrini o’ynalgan bo’lib, bu safar omad Amaliyot boshqarmasi, Mirzo Ulug’bek, Buxoro va Olmazor filiallari mijozlariga kulib boqdi.

Bosh sovrin shu yilning may oyida Amaliyot boshqarmasida Visa kartasini ochgan bank mijozi Pleshakova Natalya Borisovnaga nasib qildi. Bu omadli mijozimiz 18dan va 30 avgustgacha kunlari Bali oroliga sayohat qilib, 5 yulduzlik “Melia Bali” mehmonxonasida hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo’ldi.