Bank mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida «MyAlliance» mobil ilovasi «Western Union» va «Золотая Корона» xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari orqali pul o'tkazmalarini qabul qilib olish bo'yicha xizmatni joriy etdi.
Endi ushbu tizimlar orqali pul o'tkazmalarni olish uchun bank filialiga borish hojati yo'q.
«Western Union» tizimi orqali yuborilgan pul o'tkazmalarini endi «MyAlliance» mobil ilovasida «ASIA ALLIANCE BANK» tizimida ochilgan xalqaro VISA kartaga o'tkazish mumkin.
Agar pul o'tkazmasi «Золотая Корона» pul o'tkazmalari tizimi orqali yuborilsa, u holda nafaqat VISA xalqaro plastic kartasiga, balki bizning bankda ochilgan va «MyAlliance» mobil ilovasida ro'yxatdan o'tgan UzCard yoki HUMO plastik kartasiga ham On-line 24/7 rejimida kirim qilish mumkin.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 975