"ASIA ALLIANCE BANK" ATBning yangi «Yunusobod» mini banki keng ko'lamli xizmat turlarini taklif etadi. Mini bank Toshkent shahrining Yunusobod tumanida, A. Timur, A. Donish va Murodov ko'chalari kesishmasida, «Stroy Center» supermarketining yonida aholi zich yashaydigan hududda joylashgan.

«Yunusobod» mini banki mijozlari dunyoning barcha nuqtalariga tezkor pul o'tkazmalarini yuborishlari va qabul qilishlari, milliy va xorijiy valyutada plastik kartochkalarni ochishlari, kommunal va boshqa to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bundan tashqari yangi mini bankda qulay iste'mol kreditlari beriladi, jumladan: yangi maishiy texnika, mebel sotib olish, qimmatbaho muolajalar, sayohat va bayramlar uchun kredit taqdim etiladi. Shuningdek, naqd pul va naqdsiz shaklda mikrokreditlar olishlari mumkin va imtiyozli shartlarda avtokredit taqdim etiladi. Qo’shimcha qulayliklardan biri bu mini bankning yonida joylashgan, valyuta ayirboshlash, valyuta bankomatlar va infokiosklar bo’lib, ular aholiga 24/7 rejimda xizmat ko’rsatadi.

Mini bankning ustuvor vazifalari biri bu - barcha mijozlarga alohida yondashuv bilan birgalikda taqdim etilayotgan yuqori darajadagi xizmatlar sifatini taqdim etishdan iborat.


«Yunusobod» mini bankining ishlash tartibi: dushanbadan jumagacha soat 9.00 dan 18.00 gacha, tushliksiz. Tel: (99871) 225-29-20, (99871) 225-29-30