Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  29 Noyabr 2017, 17:29

24 Oct 2017
 
Mamlakatimiz Prezidentininig “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni hamda “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori talablarini bajarish maqsadida “ASIA ALLIANCE BANK” ATBda O’zbekiston yoshlar ittifoqining Etakchilar kengashi faoliyatini tashkil tashkil etish bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida “ASIA ALLIANCE BANK” ATBda O’zbekiston yoshlar ittifoqining Etakchilar kengashi raisi etib bankning Ichki nazorat boshqarmasi bosh mutaxassisi Umid Xojibekov saylandi. Shuningdek, bankning Yoshlar ittifoqi etakchilar kengashi tarkibiga: G’aznachilik boshqarmasi bo’lim boshlig’i – Zafar Samatov, Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi sho’’ba mudiri – Baxodir Saparov, Ichki audit boshqarmasi bosh mutaxassisi – Shavkat Sattarov, kreditlash va mijozlarga korporativ xizmat ko’rsatish boshqarmasi etakchi mutaxassisi – Feruza Latipova, Xodimlar bilan ishlash bo’limi 2-chi toifali mutaxassisi – Muxlisa Mansurovalar kirishishdi.
Shu bilan bir qatorda, bankning barcha filiallarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, sport-salomatlik masalalari yo’nalishlari koordinatorlari hamda yosh xodimlarni kasbiy malakasini oshirish yo’nalishi koordinatorlari saylandi.
Etakchilar kengashi o’z faoliyatida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish borasida bank tizimida xizmat qilayotgan yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini ilgari surib boradi.

Avtor: ko'rsatilmagan / Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi / Ko'rishlar: 1561

Boshqa yangiliklar:

16 Oktyabr 2020
29 Sentyabr 2020

Valyuta kurslari

20.10.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10371.76
1 EUR = 12153.63
1 RUB = 133.19
1 GBP = 13393.05
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech