2019 yil 10 mart kuni, «ASIA ALLIANCE BANK» ITFC bilan hamkorlikda O'zbekistonda Islom shartlari asosida savdoni moliyalashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirgani uchun mukofot oldi.

Umumjahon Islom moliya xizmatlarini taqdim etuvchi RedMoney, uzining Islom moliya yangiliklari (IFN) jurnalida har yili “Yilning eng yaxshi bitimi” nominatsiyasi bo'yicha tashkilotlarga mukofot topshiradi. IFN ekspertlarining hulosasiga binoan 2018 yil yakunlari bo’yicha ASIA ALLIANCE BANK «2018 yilning eng yaxshi bitimi»  mukofotiga sazovor bo'ldi.

Batafsil ma'lumot Islom moliya yangiliklari (IFN) da chop etilgan: https://www.islamicfinancenews.com/ifn-deals-of-the-year-2018.html