Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 3460
  • Yangilash: 3 October 2024, 17:39

Ta’minot zanjirini moliyalashtirish - faktoring

Ta’minot zanjirini moliyalashtirish - faktoring

Faktoring - bankka akseptlangan biroq to’lovchi tomonidan to’lanmangan yetkazib berilgan tovarlar uchun to’lov talabnomasi asosida regress huquqli/huquqsiz to’lovlarni qabul qilish orqali mol yetkazib beruvchini moliyalashtirish xizmatidir.

Faktoring xizmatlari bankda asosiy/ikkilamchi talab qilib olinguncha hisob raqamiga ega bo’lgan mol yetkazib beruvchi/xaridorlarga ko’rsatiladi. Bunda to’lovchi/yetkazib beruvchida muddati o’tgan kredit qarzdoriklari, zararlar, nolikvid balans va to’lovga noqobillik omillari bo‘lmasligi lozim.

Faktoring 3 turda taqdim etiladi Klassik, Reversiv va Online faktoring

Klassik faktoring – mazkur holatda tashabbus Yetkazib beruvchi tomonidan bildiriladi. Bunda Yetkazib beruvchi bankka xaridorlarga tovar yetkazib berish tufayli yuzaga kelgan qarzni to'lab berilishi bo’yicha murojaat qiladi. Bunday holda, Yetkazib beruvchi tovar etkazib berilgan xaridorlarning ro'yxatini taqdim etadi.

Asosiy shartlar:

  • Faktoring muddati - 180 kundan ko’p bo’lmagan holda;

  • Faktoringdan ko’riladigan diskont - (mol yetkazib beruvchiga bank tomonidan to’lab berilgan summa va to’lovchidan undirilgan summa o’rtasidagi farq) – 2,5%dan boshlanadi 

Reversiv faktoring - mazkur xolatda tashabbus Xaridor tomonidan bildiriladi. Xaridor bankka yetkazib beruvchilardan tovarlarni qabul qilish natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikni to'lab berilishi bo’yicha murojaat qiladi. Bunday holda, Xaridor tovarlar olingan yetkazib beruvchilar ro'yxatini taqdim etadi.

Asosiy shartlar:

  •  Faktoring muddati - 180 kundan ko’p bo’lmagan holda;

  •   Faktoringdan ko’riladigan diskont - (mol yetkazib beruvchiga bank tomonidan to’lab berilgan summa va to’lovchidan undirilgan summa o’rtasidagi farq) – 2,5%dan boshlanadi

 Online faktoring – ushbu turdagi mahsulotda Reversiv faktoring maxsulotini electron ko’rinishda taqdim etilishi ko’zda tutilgan. Bu holatda barcha jarayonlar elektron platforma orqali amalga oshirilib, xujjatlar almashinuvi raqamlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Xujjatlarni imzolash elektron tarzda e-imzo tizimi orqali imzolash imkonini beradi. Online faktoring orqali tadbirkorlik subyektlari onlayn tarzda faktoring mahsulotidan foydalanish imkonini beradi.

Asosiy shartlar:

  •  Limit muddati – 12 oygacha;

  • Faktoring muddati - 180 kundan ko’p bo’lmagan holda;

  • Faktoringdan ko’riladigan diskont - (mol yetkazib beruvchiga bank tomonidan to’lab berilgan summa va to’lovchidan undirilgan summa o’rtasidagi farq) – 2,8%dan boshlanadi

Platformaga o’tish havolasi 

Faktoring xizmatidan foydalanish uchun taqdim qilinadigan xujjatlar ro’yhati:

  • Faktoring operatsiyasini amalga oshirish uchun ariza;

  •  Mol yetkazib beruvchi va to’lovchi o’rtasida tuzilgan va haqiqiysi bilan solishtiriladigan oldi sotdi (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) shartnomasi nusxasi. Shartnomada to’lov muddati aniq ko’rsatilish lozim;

  •  Yetkazib berilgan tovarlarni (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) haqiqatda yetkazib berilganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

  •   To’lovchi tomonidan boshqa banklarda ochilgan hisob-raqamlar ro’yxati.

To’lovchining moliyaviy holatini tekshirish uchun zarur bo’lgan hujjatlar:

  • So’nggi hisobot davri uchun buxgalteriya hisoboti;

  • Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot;

  •    Moliyaviy majburiyatlar to’g’risida ma’lumotnoma, pul oqimi haqida hisobot;

  •  Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari to’g’risidagi (ularning shakllanishi sanasi bilan birga ko’rsatilgan) ma’lumot;

  •  Mol yetkazib beruvchining to’lovchi bilan hisob-kitoblari, yetkazib berilgan tovarlari hajmi va uning aylanuvchanligini aks ettiruvchi hisob-kitob hujjatlari.

Ushbu hujjatlar ro’yhati faktoring xizmatlarini ko’rsatish uchun yetarli bo‘lmagan holda bank xodimlari tomonidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.






Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X