Boshqaruv Raisi o‘rinbosari
- Telefon: (+998 71) 231-60-00
- Elektron pochta: info@aab.uz
-
Qabul kunlari:
DU - JU 9:00 – 11:00
1982-yilda tug'ilgan.
2003-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutini “Suv xo'jaligi va melioratsiya” mutaxassisligi boʻyicha bakalavr yo’nalishini, 2005-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha magistaturani tamomlagan.
Bank tizimidagi mehnat faoliyatini 2003-yilda “O’zsanoatqurilishbank” ATB tizimida boshlagan.
2003-2018-yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Toshkent shahar mintaqaviy filiali Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi, Amaliyot bo‘limi kreditlash shoʻbasi va Korporativ mijozlar bilan ish olib borish bo‘limida bir qator lavozimlarda ishlagan, shuningdek, Mirzo Ulug’bek filiali boshqaruvchisi o’rinbosari va boshqaruvchisi, Amaliyot bo’limi boshlig’i, Toshkent shahar mintaqaviy filiali boshlig’i o’rinbosari va boshlig’i birinchi o’rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2018-2020-yillarda "ART WOOD GROUP" MCHJ va "ALMUS COMPANIES" MCHJ moliyaviy direktor lavozimida ishlagan.
2020-yil iyunidan 2024-yil martigacha “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Amaliyot boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlagan.
2024-yil 26-martdan "ASIA ALLIANCE BANK" ATB Boshqaruv Raisi o’rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Quyidagi bo‘linmalar faoliyati boshqaruvini amalga oshiradi va nazorat qiladi:
· Korporativ biznes boshqarmasi;
· Korporativ mijozlarni kreditlash boshqarmasi;
· Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish Markazi;
· Chakana biznes boshqarmasi;
· Chakana kreditlash boshqarmasi.
- Telefon: (+998 71) 231-60-00
- Elektron pochta: info@aab.uz
-
Qabul kunlari:
DU - JU 9:00 – 11:00