2016 yilning 20 dekabrida “Moody’s Investors Service” xalqaro reyting agentligi «ASIA ALLIANCE BANK» ATB ning milliy va horijiy valyutadagi uzoq muddatli reytinglarini B3 dan B2 ga ko’tardi. Barcha reytinglar barqaror prognozga ega.
«ASIA ALLIANCE BANK» ATB ning reytingini barqaror prognoz bilan ko’tarilishida banking moliyaviy barqarorligini saqlanishi, bank filiallar tarmog’ini kengayishi va faoliyatini diversifikasiya qilinishi hamda bank moliyaviy resurslar bazasining kelgusida kengayishi kabi ijobiy omillar e’tiborga olingan.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 3349