Bank moliyaviy yilining yakunlanishi munosabati bilan xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari hamda bank o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish maqsadida xalqaro pul o’tkazmalari amaliyotlari shaxobchalari faoliyati 2021 yil 29 dekabrdan 2022 yilning birinchi bank ish kuniga qadar vaqtincha to’xatilishini ma’lum qilamiz.

“Золотая Корона” vа “Сбербанк-онлайн” xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari orqali kelgan mablag’laringizni bankimizning mobil ilovasidan foydalangan holda uzluksiz ravishda olishingiz mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz!