ASIA ALLIANCE BANK mijozlari o‘z hisobraqam/kartalaridan bankimizda ochilgan istalgan so‘m kartasiga Rossiyadan uylaridan chiqmasdan tezkor pul o‘tkazmalarini olish imkoniyatlari kengaytirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz!

Buning uchun jo‘natuvchiga “Solidarnost” Bankda hisobraqam/karta ochish, Bankning “Solidarnost Online” mobil ilovasini o‘rnatish yoki Bank filialida “Internet Bank” tizimiga kirish kifoya. Pul o‘tkazish uchun jo‘natuvchi faqat ASIA ALLIANCE BANKda ochilgan karta raqamini va oluvchining kartasida ko‘rsatilgan familiyasi, ismini ko‘rsatishi kerak.

Bir oy ichida siz oyiga 500 ming rubldan ortiq bo'lmagan miqdorda pul o'tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin.