Bizning bankda ochilgan kartaga uyingizdan chiqmasdan Rossiyadan tezkor pul o'tkazmalarini olishning yangi imkoniyati borligi haqida xabar berishga shoshilamiz!
Buning uchun jo'natuvchiga «Солидарность» Bankida hisob / karta ochish, «Солидарность Онлайн» mobil ilovasini o'rnatish yoki Bank filialida Internet -Bank tizimiga kirish kifoya. O'tkazish uchun jo'natuvchi faqat ASIA ALLIANCE BANKda ochilgan UnionPay kartasi yoki kobeydjing kartasining raqamini va qabul qiluvchining kartasida ko'rsatilgan familiyasini ko'rsatishi kerak.
Bundan tashqari, 2021 yil 6-oktabrdan 31-dekabrgacha bo'lgan davr mobaynida Money Express tizimidan foydalangan holda hisob / kartadan bankimiz tomonidan chiqarilgan kobeydjing kartalari yoki UnionPay kartalariga o'tkazmalar uchun komissiya olinmaydi!
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 556