So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ASIA ALLIANCE BANK niqobi ostida bank xizmatlari bo‘yicha yolg‘on takliflar bilan soxta xabarlarning tarqalish holatlari ko‘payib bormoqda!

Jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga Alliance Bank kartasiga 10% ustama bilan onlayn kredit berish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda bank nomi, ramzlari (logotiplari) va an’anaviy korporativ ranglaridan foydalangan holda “@asia_alliance_foto”, “@chilanzarbranch”, “@asia_alliance_bank”, “@aabuz”,”@asia_alliance_banki”, “@masofaviyTolovBot”, https://alliance.uz-fpay.shop kabi soxta kanal va botlar yaratilgan. Diqqat: bu kanallar, guruhlar va botlar firibgarlik va rasmiy akkauntlarni taqlid qilishga urinish maqsadida yaratilgan. Sizdan shaxsiy ma’lumotlar yoki pul mablag‘lari so‘ralsa, ayniqsa, ehtiyot bo‘ling. Xavfsizligingiz uchun “ASIA ALLIANCE BANK”ning ijtimoiy tarmoqlardagi faqat rasmiy sahifalari va kanallaridan foydalaning:

Veb-sayt: https://aab.uz

Telegram: https://t.me/asiaalliancebank

Facebook: https://www.facebook.com/AsiaAllianceBank

Instagram: https://www.instagram.com/asia_alliance_bank/

Youtube - https://youtube.com/channel/UCqv8K9lKq0NIF2ZLdPLJsqw

LinkedIn - https://www.linkedin.com/company/asiaalliancebank

Ko‘rsatilgan havola orqali o‘tishdan oldin har doim URL havolasiga e’tibor bering.