2022 yil 24 martdan e’tiboran Rossiya Federatsiyasi hamda Belorussiya Respublikasi hududi bo’ylab Western Union to’lov tizimi o’z faoliyatini to’xtatishi to’g’risida ma’lum qilamiz. 2022 yil 24-martga qadar yuborilgan barcha o’tkazmalar qabul qiluvchilariga to’lab berilishi kafolatlanadi. Jo’natuvchi tomonidan Rossiya va Belorussiyaga yuborilgan pul mablag’I qaytarib olishni qaror qilganda, ushbu o’tkazma to’liq holda pul jo’natuvchisiga qaytarib beriladi.

2022 yil 24-martdan Rossiya Federatsiyasi hamda Belorussiya Respublikasidan tashqari qolgan barcha davlatlarga O’zbekistondan yuboriladigan va O’zbekistonga kelib tushadigan pul mablag’lari Western Union to’lov tizimi orqali odatiy tarzda amalga oshirilishi to’g’risida xabar beramiz.

Eslatib o’tamizki, rossiyadan yuborilgan pul mablag’larini Siz “ASIA ALLIANCE BANK” da ochilgan plastic kartangizga “Solidarnost online” ilovasi va “Zolotaya Korona” tizimi yordamida qabul qilishingiz mumkin.