Tadbirkorlik subyektlari uchun koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish (kamaytirish) maqsadida, Bank o‘z mijozlarining imkoniyatlarini hamda pul oqimlari natijalarini o‘rganib, loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishdagi qiyinchiliklarni inobatga olgan holda, kreditlarni qaytarish bo‘yicha 2020-yil 1-oktyabrga qadar imtiyozli davr taqdim etish yuzasidan qaror qabul qildi. Shuningdek, kreditni qaytarish muddati taqdim etilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytiriladi.