Biz Alliance mobil ilovasida yangi xizmatning ishga tushirilishi haqida xabar berishdan mamnunmiz. Endi "Asia Alliance Bank" da ochilgan valyuta kartasidan SWIFT tizimi yordamida xalqaro pul o'tkazmalarini bank filiallariga tashrif buyurmasdan amalga oshirish mumkin.

- "Xizmatlar" bo'limida "SWIFT o'tkazmalari" bo'limini tanlang,

- Xizmat ko`rsatish shartlari bilan tanishing va roziligingizni belgilang, shundan so`ng "Bank o‘tkazmasini yaratish" tugmasini bosing.,

- To'lov topshirig'ining barcha ustunlarini lotin yozuvida to'ldirishni unutmang;

- To'lov amalga oshiriladigan kartani tanlang va "Davom etish" tugmasini bosing.

Sizning o'tkazmangiz ma'lumotlari ekranda paydo bo'ladi, siz ularni tekshirishingiz va tasdiqlashingiz kerak.

Shuni esda tutish kerakki, xizmat to‘lanadigan kartada bankning joriy kursi bo‘yicha jo‘natma summasidan kam bo‘lmagan summa va unga qo'shimcha yana 200 000 so‘m + QQS bo‘lishi kerak.

"Bank o'tkazmalari ro'yxati" bo'limida ushbu o'tkazma "Bosh bankka jo'natilgan" holati bilan paydo bo'ladi va o'tkazma summasi va komissiya kartada muzlatiladi.

Ushbu bo'limda pul o'tkazmalari holatini tekshirish qulay: tekshirish va qayta ishlashdan so'ng pul o'tkazmasi yuboriladi, jo'natma holati ilovada ko'rsatiladi va o'tkazma summasi va komissiya kartadan yechib olinadi. To'lov topshirig'iga kiritilgan ma'lumotlarda xatolik aniqlansa, pul o'tkazmasi bekor qilinadi va pul jo'natuvchining kartasiga qaytariladi.