«ASIA ALLIANCE BANK» ATB avtokreditlash shartlarini yaxshilamoqda, bu tufayli ular qarz oluvchilar uchun foydaliroq boʻldi. Bank tomonidan mijozlar uchun qulay boʻlgan kengaytirilgan kreditlar opsiyalarini nazarda tutuvchi avtokreditlash dasturi ishga tushirildi.
Endilikda kredit olishda manfaatdor boʻlgan shaxslar boshlangʻich kredit badalining muddati va miqdoriga qarab taqdim qilinadigan opsiyalardan kelib chiqqan holda, oʻz kreditining parametrlarini tanlashlari mumkin.
Bu hali hammasi emas, foiz stavkalari diapazonining quyi chegarasi yillik 24 foizdan 21 foizgacha kamaytirildi, yuqori chegarasi boʻyicha esa stavkalar yillik 26 foizdan 25 foizgacha kamaytirildi.
Oʻzgartirishlarni koʻrib chiqish uchun Avtokredit boʻlimiga oʻting: http://aab.uz/uz/private/auto-loan/
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 2012