2022 yil 18 oktabrda ASIA ALLIANCE BANK xalqaro nufuzli moliyaviy Global Finance jurnalining talqiniga koʻra "Kichik va o'rta biznes uchun O'zbekistondagi eng yaxshi bank" nomiga sazovor boʻldi.
G’oliblar butun dunyo boʻyicha korporativ moliyaviy rahbarlar, bankirlar va tahlilchilar bilan maslahatlashishlardan soʻng Global Finance muharrirlari tomonidan saralab olingan. Bundan tashqari, natijalarning aniqliligi va haqqoniyligini oshirish maqsadida Global Finance korporativ oʻquvchilarining soʻrovi ham oʻtkazilgan.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 3206