22-fevral kuni ASIA ALLIANCE BANK xodimlari 2020-yil 23-29-mart kunlari bo'lib o'tadigan "Global Money Week 2020" marosimiga bag'ishlangan "Zakovat" televizion o'yinining saralash bosqichida ishtirok etdilar.

Global Money Week (Jahon pul haftaligi) — bu yillik ta'lim haftaligi bo’lib,bolalar va yoshlarni pul, daromad va tadbirkorlik masalalariga jalb qilish kampaniyasi hisoblanadi. Bu yili 180 ta mamlakat, shu jumladan, O'zbekiston ushbu GMW marosimida ishtirok etmoqda. Shu qatorda, bizning bank istisno bo’lmadi! Bir hafta davomida GMW ishtirokchilari insho yozishda, moliyaviy viktorinalarda, tanlovlarda ishtirok etishadi, shuningdek, banklar, valyuta birjasi va pul muzeylariga tashrif buyurishadi.

#GlobalMoneyWeek2020 #UzbekistanGMW2020