Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  12 Iyul 2018, 15:33

5 Jul 2018

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB «KazakhExport» eksport sugʻurta kompaniyasi va «Alfa Bank» AJ ShB bilan birgalikda umumiy qiymati 1,5 mln. AQSh doll. boʻlgan bitimni muvaffaqiyatli roʻyobga chiqardi.

Bankning tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy vazifalari deb Oʻzbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini moliyalashtirish uchun jahon moliya institutlarining resurslarini jalb qilish, oʻz mijozlarining ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish, nufuzli xalqaro moliya tashkilotlarining ishida samarali ishtirok etish hisoblanadi.

Shartnoma doirasida “KazakhExport” «ASIA ALLIANCE BANK» ATB tomonidan chiqarilgan akkreditiv boʻyicha sugʻurta qoplamasini taqdim qildi. «Alfa Bank» AJ ShB (Qozogʻiston) ushbu akkreditiv boʻyicha tasdiqlovchi va moliyalashtiruvchi bank sifatida ishtirok etdi.

«KazakhExport» eksport sugʻurta kompaniyasi - bu asosiy faoliyati eksportni qoʻllab-quvvatlash va Qozogʻistonning eksport operatsiyalarini himoya qilishning sugʻurta vositalarini amalga oshirishdan iborat boʻlgan davlat eksport sugʻurta agentligidir.

Avtor: ko'rsatilmagan / Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi / Ko'rishlar: 927

Valyuta kurslari

27.10.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10359.88
1 EUR = 12285.78
1 RUB = 136.11
1 GBP = 13509.28
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech