«ASIA ALLIANCE BANK» ATB Kengashi Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishini o`tkazish to`g’risida xabar beradi. Yig`ilish 2017 yil 25 sentabrda soat 10:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning Toshkent shahar, Maxtumquli ko’chasi, 2a manzilda joylashgan binosida o’tkaziladi, Bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni ro`yxatdan o`tkazish soat 09:00 dan 10:00 gacha amalga oshiriladi.
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishni o`tkazish reglamentini tasdiqlash;
2. Bank aksiyadorlariga dividend to’lash;
3. Bank aksiyalarining 11-qo`shimcha chiqarilishini joylashtirish tartibini ko`rib chiqish;
4. Bank tomonidan ko`rsatiladigan xayriya (homiylik) yoki beg`araz yordamning yuqori miqdorini belgilash;
5. Bank tuzilmasiga (unga izoh xati bilan birgalikda) o`zgartirish kiritish va yangi tahrirda tasdiqlash;
6. Bank Ustaviga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish;
7. ““ASIA ALLIANCE BANK” ATB Boshqaruvi to`g`risida”gi Nizomga o`zgartirish kiritish;
8. "“ASIA ALLIANCE BANK” ATB korporativ etika kodeksini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega Bank aksiyadorlari reestri 2017 yil 25 sentabr operatsion kun yakunidagi holat bo`yicha tuziladi.
Eslatib o`tamiz, aksiyadorlar Bankda aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishining quyidagi materiallari bilan Toshkent shahar, Maxtumquli ko`chasi, 2a, manzili bo`yicha “ASIA ALLIANCE BANK” ATBda (tel.: 231-60-00) tanishib chiqish huquqiga egalar:
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Ustaviga kiritilayotgan qo`shimcha va o`zgartirishlar loyihasi;
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Boshqaruvi to`g`risida Nizomga kiritilayotgan o`zgartirishlar;
O`zgartirishlar va izoh xatini hisobga olgan holda Bank tuzilma loyihasi;
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB korporativ etika kodeksi loyihasi;
Taklif etilayotgan sof foyda taqsimotining asoslanishi;
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi kun tartibi masalalari bo`yicha munosabati.
Ro`yxatdan o’tish va aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 1475