Islamic Finance News (IFN) mustaqil ekspertlar guruhi har yili islomiy moliya sohasida “Yil bitimi” nominatsiyasi bo’yicha tashkilotlarni taqdirlaydi. 2023-yil yanvar oyida ASIA ALLIANCE BANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan mavjud moliyalashtirish doirasida muvaffaqiyatli yakunlangan bitim uchun ushbu nufuzli nashrdan mukofot oldi. 16-mart kuni BAAning Dubay shahrida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi va unda ASIA ALLIANCE BANK “Yil bitimi” mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, marosim davomida “ASIA ALLIANCE BANK” ATB moliyalashtirishning muqobil turlarini ishlab chiqqanligi uchun “MDHdagi eng innovatsion bank” unvoni bilan taqdirlandi.
Batafsil ma'lumot Islamic Finance News (IFN) da chop etilgan: