10.12.2021 10:26:00
Britaniyaning nufuzli The Banker nashriyoti 2021 yil 1 dekabr kuni “ASIA ALLIANCE BANK” ATBni “O‘zbekistondagi 2021 yilning Eng Yaxshi Banki” deya e’tirof etdi. Tanlov g‘oliblari moliyaviy ko‘rsatkichlar, ijtimoiy faollik, bank texnologiyalari hamda bank tomonidan joriy etilgan yangi mahsulot va xizmatlar asosida aniqlandi. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB ushbu nominatsiya bo’yicha The Banker jurnali tomonidan to'rtinchi marotaba taqdirlandi.