
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida 2014-yil yakunlari bo‘yicha aholining bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilish bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
2015-yilning 7-fevralida O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida respublika tijorat banklari o‘rtasida 2014-yil yakunlariga ko‘ra aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha g‘oliblar tantanali ravishda mukofotlandi. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB “Eng yaxshi plastik kartalar ekvayyeri bo‘lgan bank” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.