Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan bank sektori oldiga qo'yilgan vazifalarga muvofiq, 2019 yil 19 avgust kuni "ASIA ALLIANCE BANK" ning Buxoro filialida Bank Boshqaruv raisi I.A. Abdukaxorovning viloyat tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq, biznes vakillarining Boshqaruv Raisi bilan uchrashuvlari quyidagi rejaga asosan bo'lib o'tadi:

- 21 avgust soat 11:00 da Farg'ona filialida;

- 23 avgust soat 12:00 da Qarshi filialida;

- 23 avgust soat 17:00 da Samarqand filialida.

O'tkazilayotgan uchrashuvlar, shubhasiz, tadbirkorlar bilan "fikr-mulohaza" o'rnatish va ularni barcha qiziqtirgan masalalarga to'g'ridan to'g'ri javob olishga yordam beradi.