Moody's Investors Service xalqaro reyting agentligi «ASIA ALLIANCE BANK» ATBning uzoq muddatli kredit reytingini B2 darajasida, «Barqaror» istiqbol bilan tasdiqladi. Bankning tasdiqlangan joriy kredit reytingi, Bank kredit profilining mustahkamligini hamda Bankning to'lov qobiliyati va likvidlik ko'rsatkichlari kelgusida barqaror bo'lib qolishini aks ettiradi.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATBning xalqaro kredit reytinglari uning mustahkam moliyaviy ko'rsatkichlarini ifodalaydi, xususan Bankning yuqori rentabelligi va Bank biznesining tobora diversifikatsiyalashib borayotganligini ifoda etadi.