2016 yil 7 dekabrda jahonning nufuzli «The Banker» jurnali tomonidan Londonda otkazilgan yilning eng yaxshi banklarini taqdirlash marosimida  «ASIA ALLIANCE BANK» O'zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi banki deb e’tirof etildi.

Bankka berilgan «The Banker» ta’sischisi va Financial Times jurnalining 1945-1958 yillardagi raisi - Brendan Brakenning timsoli korinishidagi ananaviy haykalchasi va tashkilot tomonidan berilgan sertifikat bankning ushbu nominasiyada g’olib deb topilganidan dalolat beradi.