“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi bank aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig`ilishini o’tkazish to’g’risida xabar beradi. Yig`ilish 2017 yil 11 mayda soat 10:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Taraqqiyot ko’chasi, 2a manzil bo’yicha joylashgan binosida o’tkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlarni ro’yxatdan o’tkazish soat 09:00 dan 10:00 gacha amalga oshiriladi.
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig`ilishni o`tkazish reglamentini tasdiqlash;
2. Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig`ilishi sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
3. Bank Kengashi Rasining 2016 yil yakunlari bo`yicha bank faoliyati natijalari va bank rivojlanish strategiyasiga erishish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar to`g`risida hisobotni eshitish;
4. Boshqaruv Raisining 2016 yil yakunlari bo`yicha bank faoliyati natijalari va bank rivojlanish strategiyasiga erishish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar to`g`risida hisobotni eshitish;
5. 2016 yil yakunlari bo`yicha yillik hisobotni tasdiqlash;
6. 2016 yil yakunlari bo`yicha bankning yillik moliya-xo`jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo’yicha Taftish komissiyasining xulosasini eshitish;
7. 2016 yil yakunlari bo`yicha bank sof foydasini taqsimlash;
8. Bank aksiyadorlariga dividend to’lash;
9. Bank Kengashi a’zolarini saylash;
10. Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
11. Bank Boshqaruv Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish;
12. Affilangan shaxslar bilan bitimlarni ma’qullash;
13. Bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko`rib chiqish;
14. E’lon qilingan aksiyalarning eng ko`p miqdorini belgilash;
15. Bank tomonidan joylashtiriladigan qo`shimcha aksiyalar olinishiga Bank aksiyadorlarining imtiyozli huquqini qo’llamaslik to`g`risida;
16. Bank Ustaviga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish.
Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishida ishtirok qilish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2017 yil 4 may operatsion kun yakunidagi holat bo’yicha tuziladi.
Eslatib o’tamiz, aksiyadorlar bankda aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishining quyidagi materiallari bilan tanishib chiqish huquqiga egalar (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Taraqqiyot ko’chasi, 2a, “ASIA ALLIANCE BANK” ATB, tel.: 231-60-00):
“ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 2016 yil yakunlari bo`yicha yillik hisobot;
2016 yil yakunlari bo`yicha bankning yillik moliya-xo`jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo’yicha Taftish komissiyasi xulosasi;
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi va Taftish komissiyasiga nomzodlar to`g`risida ma’lumotlar;
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Ustaviga kiritilayotgan qo`shimcha va o`zgartirishlar loyihasi;
Taqsimlanishga taklif etilayotgan sof foyda, dividendlar miqdori, ularning Bankda qabul qilingan dividend siyosatiga muvofiqligi baholanishining asoslanishi;
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi aksiyadorlarning yillik umumiy yig`ilishi kun tartibi masalalari bo`yicha munosabati, shu bilan birga Bank Boshqaruv Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish bo`yicha xulosasi.
Ro’yxatdan o’tish va aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 1190