Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 4271
  • Yangilash: 28 May 2024, 13:57

Hamkorlari

2020-yilning aprel oyida “ASIA ALLIANCE BANK” ATB O‘zbekistondagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining savdo amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Osiyo taraqqiyot banki (OTB - www.adb.org)ning Savdoni moliyalashtirish dasturi doirasida Shartnoma imzoladi. Ushbu savdoni moliyalashtirish dasturi OTBning “AAA” kredit reytingi bilan tasdiqlangan bo‘lib, 200 dan ziyod hamkor-banklarga savdoni moliyalashtirish uchun kafolat va kreditlar ajratadi. OTB 1966-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning aksionerlari 68 davlat vakillaridir. Osiyo-Tinch okeanining 49 mamlakati ushbu bank bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

photo_2020-04-17_17-06-01.jpg

«ASIA ALLIANCE BANK» hamda «Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki», shuningdek «Xalqaro taraqqiyot uyushmasi» o’rtasida 2018 yilda imzolangan Kelishuvlar doirasida hozirgi kunda «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» (12,0 mln. AQSh dollari), «O'zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog’ini rivojlantirish» (10,0 mln. AQSh dollari) va «O'zbekiston Respublikasida chorvachilik tarmog’ini rivojlantirish» (10,0 mln. AQSh dollari) loyihalari jadal amalga oshirilib kelinmoqda.

МБРР

2019 yilda AQShning etakchi banklaridan biri - Bank of New York Mellon bilan AQSh dollarida korrespondentlik hisobraqamini ochish bo’yicha shartnoma imzolandi. Dunyoning yetakchi banki bilan hamkorlik to'g'risida erishilgan kelishuvlar xalqaro hisob-kitoblar sohasidagi faoliyatni yanda kengaytirishga, xalqaro pul o'tkazmalari xizmatlarini rivojlantirishga, shuningdek, bankning xalqaro miqyosdagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi. AQSh dollarida to'g'ridan -to'g'ri korrespondentlik hisobraqamining mavjudligi Bank mijozlariga o'zaro hisob -kitoblarni yanada tezroq amalga oshirish, shuningdek, uchinchi banklarning komissiyalarini to'lamaslik hisobiga to'lov xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.

BNY MELLON

2023-yil oxirida Symbiotics Investments kompaniyasi va “ASIA ALLIANCE BANK” ATB o’rtasida O‘zbekiston Respublikasidagi kichik va o‘rta biznes hamda mikrofirmalar loyihalarini milliy valyutada moliyalashtirish uchun kredit shartnomasi imzolandi. Mazkur mablag’lar 2024–yil boshida Symbiotics Investments tomonidan MSME Bonds S.A. kompaniyasining Lyuksemburgda ro‘yxatdan o‘tgan maxsus platformasida obligatsiyalar chiqarish orqali taqdim etildi.

Symbiotics - rivojlanayotgan mamlakatlarda real iqtisodiyotni yuksaltirish jarayonlarini moliyalashtirish uchun investorlarga kirish imkoniyatini taqdim etadigan yirik platformalardan biridir. Kompaniyalar guruhi bozor tadqiqotlari, investitsiya bo'yicha maslahatlar va aktivlarni boshqarish xizmatlarini taklif qiladi. Symbiotics tashkil etilganidan buyon 95 mamlakatda 580 dan ortiq tashkilotga 7700 ta tranzaksiya orqali 9,6 mlrd investitsiya kiritgan.

2013 yilning sentabr oyida, O‘zbekiston Respublikasidagi xususiy sektor va kichik biznes subyektlarining loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga o‘z xissasini qo‘shish maqsadida, "ASIA ALLIANCE BANK" ATB Islom Taraqqiyot Bankning Xususiy sektorni rivojlantirish Islom Korporatsiyasi (XSRIK - www.icd-idb.com) bilan moliyalashtirish liniyasi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.
"ASIA ALLIANCE BANK" ATB mijozlarining loyihalari XSRIK moliyalashtirish liniyasi mablag‘lari hisobiga quyida ko‘rsatilgan shartlar asosida moliyalashtirilmoqda.

logo-icd.jpg

2018 yilning iyun oyida, "ASIA ALLIANCE BANK" ATB Islom Taraqqiyot Bankning Xalqaro savdoni moliyalashtirish Islom Korporatsiyasi (ITFC) bilan savdoni moliyalashtirish liniyasi to‘g‘risidagi 9 million AQSH dollariga teng bo’lgan shartnoma imzoladi. Ushbu mablag’lar hisobidan faoliyati Islom tamoyillariga zid kelmaydigan korxonalar uchun asbob-uskuna yoki xom-ashyo sotib olish bo'yicha import shartnomalarini moliyalash mumkin. "ASIA ALLIANCE BANK" ATB mijozlarining loyihalari ITFC liniyasi mablag‘lari hisobiga quyida ko‘rsatilgan shartlar asosida moliyalashtirilmoqda.

itfc

O‘zbekiston Respiblikasining kichik biznes va xususiy sektor loyihalarini kreditlash uchun Germaniyaning Commerzbank AG bankining kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Ushbu kredit liniyasi doirasida, Euler Hermes kafolati ostida, "ASIA ALLIANCE BANK" ATB mijozlarining asosiy vositalarni Germaniya va boshqa IHRT davlatlaridan sotib olishni ko‘zda tutuvchi import sharnomalari moliyalashtiriladi. "ASIA ALLIANCE BANK" ATB mijozlarining loyihalari Commerzbank AG liniyasi mablag‘lari hisobiga quyida ko‘rsatilgan shartlar asosida moliyalashtirilmoqda.

commerzbank

O‘zbekiston Respublikasining biznes subyektlari va xususiy sektori loyihalarini kreditlash uchun Germaniyaning Landesbank Baden-Wurttemberg bankining kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Ushbu kredit liniyasi doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlaridan, Euler Hermes kafolati ostida, "ASIA ALLIANCE BANK" ATB  mijozlarining asosiy vositalarni sotib olishni ko‘zda tutuvchi import sharnomalari moliyalashtiriladi. "ASIA ALLIANCE BANK" ATB mijozlarining loyihalari Landesbank Baden-Wurttemberg liniyasi mablag‘lari hisobiga quyida ko‘rsatilgan shartlar asosida moliyalashtirilmoqda.

       LB BM

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB eksport kreditlarini sug’urtalashga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblanuvchi Germaniyaning Euler Hermes agentligi ishtirokida import loyihalarini moliyalashni amalga oshiradi.


EULER HERMES

Bank bevosita xorijiy yoki milliy valyutada moliyalash imkoniyatiga ega. Biroq, import operatsiyalarini xorijiy banklar bilan kredit kelishuvlari va kredit liniyalari doirasida, shu jumladan, eksport kredit agentliklari ishtirokida, tashqi sarmoyalash usulidan foydalanib moliyalash shakli yanada foydaliroq hisoblanadi.

Bankning har yilgi moliyaviy hisobotinii audit qilish taniqli auditorlik kompaniyalari hisoblangan PWC, DELOITTE va EY tomonidan bajariladi. Paydo bo’lganiga 100 yildan oshgan "PricewaterhouseCoopers", "Deloitte and Touche" va "EY" iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ishlayotgan davlat va xususiy kompaniyalarga audit, soliqqa tortish, konsalting va korporativ moliya sohalaridagi xizmatlarni taqdim etadi. Bu kompaniyalar ham auditorlik kompaniyalarining «katta to’rtligiga» kiradi.

pwc    Deloitte     EY

2011 yil noyabr oyidan boshlab Bank Moody’s Investor Service xalqaro reyting agentligining reytinglariga ega. Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligi o’z faoliyatini 1900 yildan boshlagan. Moody’s Investors Service dunyodagi kredit reytinglari, tavakkalchiliklarni tahlil qilish bo’yicha tahliliy tadqiqotlar va materiallar manbalari ichida eng hurmatli va keng qo’llaniladigani hisoblanadi.

Moody`s

2011 yilning may oyida Bank Visa xalqaro to’lovlar tizimiga a’zo bo’ldi. Bu tashkilot innovatsion to’lov mahsulotlari va texnologiyalarini ishlab chiqishda markaziy rolni o’ynaydi. Visa kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlaridagi savdo tarmoqlarida to’lovga qabul qilinadi.  

Visa

MasterCard dunyoning 210 davlatidagi 22 mingta moliya institutini birlashtiradigan xalqaro to'lov tizimidir.

MasterCard

Bank Xitoyning milliy to’lov tizimi - UnionPay bilan hamkorlik munosabatlari o’rnatdi va 2014 yilning fevral oyidan UnionPay plastik kartalarini chiqarib boshladi. Xitoy va Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalganligi tufayli, bu kartalar yirik shaharlarda ham, viloyatlarda ham to’lovning eng ommalashgan vositasi bo’lib qoldi.

UnionPay

Bank Butunjahon banklararo moliyaviy aloqa kanallari jamiyati (SWIFT) ning hamkori hisoblanadi. SWIFT - bu 1973 yilda tashkil etilgan axborot uzatish va to'lovlarni amalga oshirish banklararo xalqaro tizimidir. SWIFT orqali bir kunda pul o'tkazmalari, banklararo to'lovlar, qimmatli qog'ozlar haqidagi milliondan ortiq tranzaksiyalar o'tadi.

Swift

Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X