“ASIA ALLIANCE BANK” ATB AKSIYALARNI QAYTARIB SOTIB OLINISHI
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va “ASIA ALLIANCE BANK” ATB ustaviga ko’ra Bankning joylashtirilgan aksiyalarini qaytarib sotib olinishi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
I. aksiyadorlar umumiy yig'ilishining joylashtirilgan aksiyalarning bir qismini olish va ushbu aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yo'li bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to'g'risidagi qaroriga ko'ra;
II. ularni keyinchalik belgilangan tartibda qayta sotish maqsadida jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko'ra;
III. a) jamiyatni qayta tashkil etish to'g'risida;
b) joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish haqida;
c) “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bog'liq yirik bitim tuzish to'g'risida;
d) jamiyatning ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash to'g'risida aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan bo'lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko'ra ishtirok etmagan bo'lsa, o'zlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishgan taqdirda.
Jamiyat tomonidan o'z aksiyalarining olinishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, mustaqil ravishda yoki qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda “ASIA ALLIANCE BANK” ATB tomonidan joylashtirilgan aksiyalarning olinishi amalga oshirilmagan