Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 3833
  • Yangilash: 28 May 2024, 13:57

Depozit yacheykalari

«ASIA ALLIANCE BANK» Sizga va yaqinlaringizga qimmatbaho buyumlarni saqlash bilan bog‘liq tashvish va muammolardan qutqaradigan xizmat turini taklif etadi. Hujjatlar va qimmatbaho buyumlarni yopiq saqlash uchun shaxsiy deposit yacheykalardan foydalanishni taklif qilamiz. Dunyo bo'ylab millionlab ishbilarmonlar deposit yacheykalardan foydalanadilar.

Deposit yacheykalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bankimiz tomonidan deposit yacheykalar zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Depozit yacheykani ijaraga olish to'g'risidagi ma'lumotlar boshqa mijozlar va uchinchi shaxslar uchun maxfiydir hamda qimmatbaho buyumlarni yacheykaga joylashtirishda ro’yxat tuzilmaydi. Shu bilan birga Siz qimmatbaho buyumlar bilan mustaqil foydalanasiz va xotirjam bo'lishingiz mumkin.

Eng asosiysi, bank deposit yacheykalarining tarkibi uchun maksimal xavfsizlikni ta'minlaydi.

Uchinchi shaxslarning (shu jumladan, bank xodimlari) qimmatbaho buyumlardan foydalanishi taqiqlanadi. Depozit yacheyka kalitiga faqat Siz ega bo’lasiz.

Depozit yacheykalarining o‘lchamlari

Turi
O‘lchamlari, mm
Balandligi
Kengligi
Chuqurligi
"A"
75
310
435
"B"
125
310
435
"V"
300
310
435
"G"
475
600
310
310
435
435

Jismoniy shaxslar uchun depozit yacheykalarini ijaraga olish uchun

Depozit yacheyka turi
Ijara haqqi bir oy muddatga* Garov summasi
"А" tur
60 000 so'm (QQS bilan)
550 000 so'm (QQS bilan)
"B" tur
100 000 so'm (QQS bilan)
550 000 so'm (QQS bilan)
"V" tur
140 000 so'm (QQS bilan)
550 000 so'm (QQS bilan)
"G" tur
200 000 so'm (QQS bilan)
550 000 so'm (QQS bilan)

*Uzoq muddatga ijaraga olinganda 1 yil tugagandan so’ng keyingi yil uchun kamida 1 yillik muddatga shartnoma tuzish vaqtida shartnoma summasining 20% miqdorida chegirma o‘rnatiladi.

Jarimalar

Mijoz tomonidan depozit quticha kaliti yo’qotilganligi (qaytarilmaganligi) yoki shikastlanganligi uchun 230 000 so'm (QQS bilan)+ kalit yoki qulfni tiklash uchun qilingan xarajat (QQS bilan)
Mijozning aybi bilan seyfli yacheykaning buzilganligi uchun
230 000 so'm (QQS bilan) + yacheykani ta’mirlash xarajatlari

Mehnat ta’tiliga chiqqan, xizmat safariga ketayotgan yoki shunchaki xonadoningizda mavjud bo‘lgan qimmatliklarning saqlanishidan xavotir olgan hollarda Siz bankimizdagi shaxsiy deposit yacheykalardan foydalanishingiz mumkin.

Bank depozit yacheykasida naqd pullar, qimmatli qog‘ozlar, qimmatli metallar va toshlar, zargarlik buyumlari, maxfiy hujjatlar, antikvar buyumlar, yodgorliklar, san’at asarlari, electron ma’lumotlarni tashuvchi qurilmalari va boshqa qimmatliklar - umuman olganda o‘zingiz uchun qadrli va boshqalardan sir saqlamoqchi bo‘lgan istalgan buyumlaringizni saqlashingiz mumkin. Depozit yacheykasiga buyumlarni joylashtirish va undan buyumlarni olish hamda ulardan foydalanish mijoz tomonidan bank xodimining nazoratisiz amalga oshiriladi.

Bank depozit yacheykasining saqlanishi va daxlsizligi bo‘yicha barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi hamda mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarning sir tutilishini kafolatlaydi.

Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X