Hurmatli mijozlar!
«ASIA ALLIANCE BANK» ATB Boshqaruvining qaroriga binoan, Bankning Amaliyot boshqarmasida operatsion xarajatlarni maqbullashtirish maqsadida, 2022 yil 14 oktabrdan boshlab Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor 6 dahasi, 50-uy, 1-xonadon manzilida joylashgan Amaliyot boshqarmasi qoshidagi “Bunyodkor” bank xizmatlari markazi o’z faoliyatini tugatganligini ma’lum qilamiz.
Faoliyati tugatilgan bank xizmatlari markazi mijozlariga Amaliyot boshqarmasi tomonidan xizmat ko`rsatish davom ettiriladi. Batafsil ma`lumot uchun: (+99871) 231-60-00.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 2423