Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  27 Mart 2020, 16:25

24 Mar 2020

2020-yil 13-martda «ASIA ALLIANCE BANK» xalqaro nufuzli moliyaviy Global Finance jurnalining talqiniga koʻra ketma-ket ettinchi yil ichida Oʻzbekistonning eng yaxshi banki nomiga sazovor boʻldi.

Tanlab olish uchun banklarga 2019-yilda faoliyatining umumiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hamda mijozlarning ehtiyojlarini hisobga oluvchi va ularga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashga yordam beruvchi innovatsion mahsulotlarni joriy etish toʻgʻrisida toʻliq axborot bilan ishtirokchining soʻrovnomasini toʻldirish taklif qilingan edi.

Ғoliblarni saralab olish butun dunyo boʻyicha korporativ moliyaviy rahbarlar, bankirlar va tahlilchilar bilan keng koʻlamli maslahatlashishlardan soʻng Global Finance muharrirlari tomonidan amalga oshirilgan. Bundan tashqari, natijalarning aniqliligi va haqqoniyligini oshirish maqsadida Global Finance korporativ oʻquvchilarining soʻrovi oʻtkazilgan edi. Shuningdek qimmatli qogʻozlar boʻyicha tahlilchilar, reyting agentliklar, bank maslahatchilari va moliya sohasining boshqa ishtirokchilarining fikrlari hisobga olindi.

Avtor: ko'rsatilmagan / Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi / Ko'rishlar: 95

Valyuta kurslari

31.03.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 9554.22
1 EUR = 10637.67
1 RUB = 121.1
1 GBP = 11879.72
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech