“ASIA ALLIANCE BANK” ATB, mijozlar to’lovlarini qo’shimcha himoyalash va joriy operatsion faoliyatni minimallashtirish choralarini kuchaytirish maqsadida, S.W.I.F.T. xalqaro tizimining Sanctions Screening servisini muvaffaqiyatli joriy etdi.
Ushbu servis terorizmni moliyalash va jinoiy yo’llar bilan topilgan pul mablag’larining legallashishiga qarshi kurash sohasidagi milliy va xalqaro qonunchilik talablariga muvofiq qo’shimcha nazoratni amalga oshirishga yordam beradi.
Shuningdek, Sanctions Screening xalqaro ta’qiqlar ro’yxati, jumladan, OFAC, United Nations bo’yicha avtomatik tekshiruvni amalga oshirish imkonini beradi. Bunday tekshiruv moliya tashkilotlariga, ta’qiqlangan tranzaktsiyalarni to’siq yordamida yoki belgilash orqali ta’qiqlash boshqaruvi qonunlariga muvofiq bo’lish imkoniyatini beradi. Bu esa katta jarimalar ehtimoli va obro’sizlanishning oldini oladi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 2192