Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 313
  • Yangilash: 21 Noyabr 2023, 10:42

Gimadiyev Sergey Abdulxayevich

Boshqaruv Raisi

1980-yilda tugʻilgan.

2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini “Menejment” mutaxassisligi boʻyicha hamda 2012-yilda Toshkent Moliya institutini “Bank ishi” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Bank sohasida mehnat faoliyatini 2005-yilda “Kapitalbank” ATBda boshlagan.

2005-yildan 2016-yilgacha “Kapitalbank” ATB tizimida boʻlimi boshligʻi, departament direktori oʻrinbosari hamda departament direktori lavozimlarida ishlagan.

Bundan tashqari, 2018-yildan 2019-yilgacha “INVEST FINANCE BANK” ATB Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish departamenti direktori hamda Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

2019-yil iyul oyidan 2021-yil noyabr oyigacha “Kapitalbank” ATB Boshqaruv Raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2021-yil noyabr oyidan 2022-yil noyabr oyigacha “Bank Apelsin” AJ Boshqaruv Raisi lavozimida ishlagan.

2022-yil dekabr oyidan 2023-yil iyun oyigacha “Uzum Bank” AJ Boshqaruv Raisi lavozimida ishlagan.

2023-yilning iyul oyidan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Boshqaruv Raisi v.v.b..

2023 yil sentyabr oyida “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Boshqaruv Raisi etib tasdiqlandi.

Quyidagilarni ta’minlaydi:

- Balans likvidligini samarali boshqarish va kapitalning moslik darajasini ta’minlash, Bank aktivlari va passivlarini boshqarish, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga, Bankning strategik rivojlanishi va Biznes-rejasi asosiy yo’nalishlariga rioya qilish;

- Buxgalterlik hisobini yuritish, bank aktivlari, majburiyatlari, foydalari va sarf-xarajatlari, shuningdek Bank kapitalidagi holat va o’zgarishlar to’g’risida asoslangan axborot to’plash;

- Bank va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatida qonuniylik, qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy-huquqiy hujjatlarining bir xil ijro qilinishi, Bank omonatchilari va aksiyadorlari huquqlari va mulkiy manfaatlarini himoya qilish;

- Kadrlar siyosatini realizatsiya qilish, Bank xodimlari uchun me’yoriy va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi oshirilishini ta’minlaydigan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 08:00-20:00, SHA-YA 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X