Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 3553
  • Yangilash: 28 May 2024, 13:57

Axborotni oshkor qilish

Bank tomonidan qimmatli qog`ozlar bozorida axborot oshkor qilish qonun, ustav va bank aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslarning puxta o`ylangan investitsiya va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim hisoblangan Bank to`g`risidagi dolzarb va ishonchli ma’lumotni olishda ularning axborot talablarini qondirishga hamda ushbu ma`lumotni erkin va malol keltirmaydigan foydalanishga qaratilgan axborot siyosati talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bank axborot siyosati quyidagi tamoyillar asosida tashkil topadi:

Teng huquqlilik tamoyili.

Bank barcha aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslar uchun axborot olishda teng huquqlar va imkoniyatlarni ta'minlaydi.

Muntazamlilik tamoyili.

Bank doimiy asosda bank aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslarning manfaatlariga daxldor bank faoliyatidagi eng muhim voqea-hodisalar to'g'risidagi ma'lumotlarni bank uchun joiz xabardor qilish vositalaridan foydalanib oshkor qiladi.

Operativlik tamoyili.

Bank oshkor qilinadigan ma'lumotlarning muhimlilik darajasi pasayishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida o'z faoliyati to'g'risidagi axborotning maksimal qisqa muddatlarda oshkor qilinishini ta'minlaydi.

To'liqlik tamoyili.

Bank o'z aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslarda ularni qiziqtirayotgan masalalar to'g'risida xolis (obyektiv) va eng to'liq tasavvur shakllanishi uchun yetarli darajada axborot taqdim qiladi.

Asoslilik (shubhasiz to'g'rilik) tamoyili.

Bank o'z aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslarga haqiqatga to'g'ri keladigan axborot taqdim qiladi, shuningdek tarqatiladigan axborot qasddan buzib ko'rsatilmasligi yoki xato bo'lmasligi uchun oqilona chora-tadbirlar ko'radi.

Muvofiqlik tamoyili.

Bank o'zi tomonidan oshkor qilinadigan axborotning turli usullar va/yoki turli shakllarda muvofiqligi va kelishilganligini ta'minlaydi.

Xolislik (obyektivlik) tamoyili.

Bank o'zi to'g'risida va o'z faoliyati to'g'risida bank aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslar uchun muhim hisoblangan salbiy axborotni oshkor qilishdan bosh tortmaydi.

Foydalanish imkoniyati tamoyili.

Bank o'z aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslarning oshkor qilinadigan axborotdan erkin, oson va eng kam xarajatli foydalanishlarini ta'minlaydigan axborot tarqatish usullarini qo'llaydi.

Muvozanatlilik tamoyili.

Bank axborot siyosatini realizatsiya qilishda bir tomondan axborot oshkoraligi va ikkinchi tomondan o'z tijorat manfaatlarini himoyalash o'rtasida oqilona muvozanatga erishishga intiladi.

Betaraflik (neytrallik) tamoyili.

Bank axborotni oshkor qilishda bir auditoriya manfaatlarining boshqa auditoriya manfaatlariga nisbatan ustuvor qondirilishiga yo'l qo'ymaydi.

Himoyalanganlik tamoyili.

Bank O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ruxsat berilgan maxfiy hisoblangan hamda xizmat va tijorat sirini o'z ichiga olgan axborotni himoya qilish usullari va vositalarini qo'llaydi. Bank insayderlik axborotining tegishlicha ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X