Biz “ASIA ALLIANCE BANK” ATB kredit lineykasi yangi taklif – abituriyentlar va talabalar uchun “SUPERKONTRAKT” iste’mol krediti bilan to’ldirilganligini ma’lum qilishdan mamnunmiz.

Ushbu kredit mahsuloti abituriyentlar uchun O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yuqori kontrakt stavkalari bo’yicha bilim olish, shuningdek talabalarga – O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining sirtqi bo’linmalarida to’lov-kontrakt asosida o’qish noyob imkoniyatini yaratadi.

«SUPERKONTRAKT» KREDIT MAHSULOTI PASPORTI

Kredit mahsuloti turi va nomi

«SUPERKONTRAKT» iste’mol krediti

Mahsulot uchun limit

Umumiy limit – cheklanishlarsiz

Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchiga talablar

Abituriyent/talaba yoki uning oila a’zolari 18 yoshdan 65 yoshgacha:

- Toshkent shahri, Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega (“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Bosh ofisi va Operasiyalar boshqarmasi, shuningdek Toshkent shahri, Toshkent viloyatida joylashgan filiallari tomonidan kreditlar berilganda);

- “ASIA ALLIANCE BANK” ATB filiallari joylashgan viloyatlarda doimiy propiskaga ega (“ASIA ALLIANCE BANK” ATB viloyat filiallari tomonidan kreditlar berilganda);

· kredit tashkilotlarida olingan kreditlar (mikroqarzlar, overdraftlar) bo’yicha to’lov muddati kechiktirilgan qarzlarga, shuningdek salbiy kredit tarixiga ega bo’lmagan shaxslar.

Kredit valyutasi

O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so’m.

Kredit summasi

Eng kam oylik ish haqi miqdorining 300 baravaridan yuqori bo’lmagan summada milliy valyutada.

Kredit maqsadi

Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yuqori kontrakt stavkalari bo’yicha o’qish, shuningdek O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining sirtqi bo’linmalarida to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun to’lash.

Muddati

36 oygacha imtiyozsiz davrga beriladi.

Kredit berish shakli

Kontrakt bo’yicha mablag’larni oliy o’quv yurti hisobvarag’iga o’tkazish orqali.

Foiz stavkasi

18 oygacha – 18%;

18 oydan 24 oygacha – 19%;

24 oydan 36 oygacha – 20%.

Kerakli hujjatlar

A) shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.);

B) yuqori kontrakt stavkasi bo’yicha to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun Qarz oluvchi bilan tuzilgan o’qish muddati va to’lov miqdori qayd etilgan shartnoma;

V) Qarz oluvchining daromadlarini tasdiqlovchi hujjatlar:

· ishlaydigan shaxslar uchun – oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan so’nggi 12 oy mobaynidagi boshqa to’lovlar to’g’risida ushlab qolingan soliqlar va chegirmalar to’g’risidagi ma’lumotlar qayd etilgan ma’lumotnoma. Bank bilan oylik ish haqi loyihasi doirasida xizmat ko’rsatish uchun Shartnoma tuzgan Bank korporativ mijozlari xodimlari – jismoniy shaxslar, shuningdek Bank xodimlari uchun oylik ish haqi to’g’risida ma’lumotnoma taqdim etish talab qilinmaydi;

·pul shaklidagi barqaror daromadlar mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar va ma’lumotnomalar (Qarz oluvchining so’nggi 12 oy mobaynidagi daromadlari to’g’risida turar-joyi bo’yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan deklarasiya, o’rindoshlik bo’yicha ishlash, qimmatli qog’ozlarga investisiyalardan olinadigan doimiy daromadlar, uzoq muddatli depozitlar bo’yicha foizlar va h.k.);

G) qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat (kredit abituriyentning oila a’zosi tomonidan olinadigan holatda);

D) kredit qaytarilishini ta’minlash bo’yicha hujjatlar.

Kredit bo’yicha ta’minot

·Likvidli mulk hamda qonun hujjatlari va Kredit siyosati bilan taqiqlanmagan boshqa ta’minot turlari.

To’lash tartibi

Kredit va hisoblab yozilgan foizlarni to’lash Kredit shartnomasi bilan belgilangan tartibda va shartlarda annuitet to’lovlar bilan amalga oshiriladi.

Qarz oluvchining yozma arizasi asosida istalgan sanada muddatdan oldin qisman va to’liq to’lash mumkin. Bunda foizlar faqat kreditdan foydalanilgan vaqt uchun hisoblab yoziladi.

Qo’shimcha shartlar

Qarz oluvchi/ birgalikda qarz oluvchi/ vasiyning doimiy o’rtacha oylik daromadi 70%i har oy Qarz oluvchining to’lov jadvali bo’yicha to’lanadigan asosiy qarz va foiz to’lovlari miqdoridan kam bo’lmasligi kerak.