Korporativ boshqaruv amaldagi tizimi va qo’llanilayotgan amaliyotlarining Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 30 sentyabrdagi “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2414-son Qaroriga asosan tashkil etilgan Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tomonidan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB korporativ boshqaruv amaliyotining baholanishi o’tkazildi.

Baholash Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi hamda O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatchilikni rivojlantirish Davlat qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan metodikaga muvofiq amalga oshirildi.

Baholash natijalari bo’yicha Bank korporativ boshqaruv tizimi YUQORI bahoga (665 ball) muvofiqdir.

Baholash jarayonida ekspertlar Bank korporativ boshqaruvining amaldagi amaliyotini quyidagi to’qqizta asosiy tarkibiy qismlar bo’yicha tahlil qildilar:

-Korporativ boshqaruv kodeksini joriy qilishga tayyorgarlik tadbirlarini baholash;

-Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilinishini baholash;

-Aktsiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilishi muvofiqligini baholash;

-tanlov asosida saralab olishni baholash;

-xalqaro moliyaviy hujjatlar standartlari (XMHS) va xalqaro audit standartlariga muvofiq e’lon qilishga o’tishni baholash;

-zamonaviy boshqaruv tizimlari (ISO, ERP, NIOKR va h.k.) joriy qilinishini baholash;

-Axborot siyosatini baholash;

-moliyaviy natijalarni baholash;

-boshqa yo’nalishlarni baholash.

O’tkazilgan baholash yakunlari bo’yicha Bank korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar berildi.

“ASIA ALLIANCE BANK” АТБда 2016 йил учун корпоратив бошқарув тизимини баҳолаш бўйича ХУЛОСА.