Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 0
  • Yangilash: 16 February 2026, 13:54

Kollegial organlar

Bankda quyidagilardan iborat korporativ boshqaruv tuzilmasi faoliyat yuritadi:

1. Bank boshqaruv organlari:

Aksiyadorlar umumiy yig`ilishi – Bank oliy boshqaruv organi.

Bank Kuzatuv kengashi - Bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, qonunchilik va Bank Ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal qilish - bundan istisno. Bank Kuzatuv kengashi huzurida quyidagi ikkita qo`mita faoliyat yuritadi:

  • Auditorlik qo’mitasi. Audit bo’yicha qo’mitaning vazifalari: mustaqil auditorlar nomzodlarini Bank Kuzatuv kengashi tomonidan ko’rib chiqilishi uchun taqdim etish; mustaqil auditorlar bilan aloqada turuvchi shaxs sifatida xizmat qilish; auditorlik tekshiruvlarining hisobotlarini olish va ko’rib chiqish; Bank Kuzatuv kengashi oldida auditorlardan olingan ma’lumotlar bo’yicha hisobot berish.
  • Xatarlar nazorati qo’mitasi. Bank xatarlarini nazorati bo’yicha qo’mitaning vazifasi Bankning moliyaviy ahvoliga xatarlarning, ya’ni Bank faoliyatida yuzaga keladigan kredit, valyuta, foizlar, operatsion va boshqa xatarlarning ta’sirini kuzatish, Bank tomonidan ushbu xatarlarni bartaraf etish bo’yicha choralar ko’rish va hisobga olishdan iborat.

Bank boshqaruvi – Bankning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi va Bank Kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilgan masalalar bo`yicha qaror qabul qilish huquqiga ega emas.

2. Bank ichki nazorati:

Ichki audit boshqarmasi – Bank boshqaruvi va uning tuzilmasini ular tomonindan O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ta’sis va ichki hujjatlarga rioya etilishi, buxgalteriya va moliya hisobotlarda ma`lumotlarning to’liq va ishonchli aks ettirilishi, xo`jalik operatsiyalarni amalga oshirish qoida va tartibi, aktivlar butligi hamda korporativ boshqaruv prinsiplarini joriy etilishini ta’minlanishi bo`yicha tekshirishlar va monitoring o`tkazish orqali nazorat qilish va baholash bo`yicha ichki audit funksiyalarini amalga oshiradi.

Korporativ maslahatchi - Bankda korporativ qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiladi.

[Image of corporate governance hierarchy chart]
“Asia Alliance Bank” ATB KUZATUV KENGASHI
Kengash a’zolari:
  • Raxmatov Xasan Utkirovich – “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ boshqaruv raisi maslahatchisi;
  • Tyons Karsten Bodo – “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kuzatuv kengashi a’zosi;
  • Avazova Shaxnoza Rixsitillayevna – “SHAHRAZ” MChJ Direktori;
  • Isakov Otabek Rustam o'g'li – “Finasia Capital” MChJ Ijrochi direktori;
  • Akbarov Sherzod Rustamjonovich – “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki”ning O'zbekistondagi vakolatxonasi yetakchi menejeri, dastur rahbari.
“Asia Alliance Bank” ATB ICHKI AUDIT BOSHQARMASI

Alixanov O’ktam Xakimovich

Ish joyi va lavozimi “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Ichki audit boshqarmasi boshlig’i
Tug’ilgan yili 1973
Tug’ilgan joyi O`zbekiston
Ma’lumoti Oliy, 1995 yilda Toshkent moliya institutini; 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan
Mutaxassisligi Moliya va kredit; Bank ishi
Mehnat staji 1995 yildan
Egallab turgan lavozimda mehnat staji 2011 yildan
"Asia Alliance Bank" ATB BOSHQARUVI
Boshqaruv a’zolari:
  • Abduazimov Umidjon Abduazim o‘g‘li – Boshqaruv Raisi;
  • Daniyelyan Gayane Feliksovna – Yuridik boshqarmasi boshlig‘i;
  • Boltayev Ixtiyor – G`aznachilik boshqarmasi boshlig‘i.
Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X