Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 0
  • Yangilash: 19 January 2026, 15:45

Komplayens

Komplayens nima?

Komplayens bu - qonun hujjatlariga, ichki hujjatlarga, xalqaro standartlarga rioya qilmaslik natijasida, shuningdek, nazorat qiluvchi organlar tomonidan sanksiyalar va (yoki) boshqa ta'sir choralarini qo'llash natijasida yuzaga keladigan xavflar, zararlar va reputatsiyaviy yo’qotishlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.


"Asia Alliance Bank" ATB komplayens-nazorat tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

Sanksiyaviy komplayens Sanksiyaviy komplayens;

Korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorat Korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorat;

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish Jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish.


"Asia Alliance Bank" ATB Boshqaruv Raisi Abduazimov Umidjon Abduazim o’g’lining korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan yo‘llagan murojaati 

Hurmatli bank jamoasi va qadrli mijozlar!

Hech kimga sir emas, bugungi kunda mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalaridagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda unga qarshi kurashish borasida keskin va murosasiz choralar ko’rilmoqda. So‘nggi yillarda bu bo‘yicha yaratilgan huquqiy baza ham so‘zimizni tasdiqlaydi.

Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek  komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminlamoqda. 

Shuni alohida taʼkidlamoqchimanki, bank sifatida biz korrupsiyaga mutlaqo toqatsizmiz va bu illatning har qanday ko‘rinishiga qarshi qatʼiy kurash olib boramiz. Korrupsiya nafaqat iqtisodiy barqarorlikka, balki jamiyatning ishonch muhitiga ham katta putur yetkazadi. Shu sababli, har bir xodim, har bir mijoz va hamkorimiz bilan birgalikda samarali, xolis va halol munosabatlarni qaror toptirish - asosiy ustuvor vazifamizdir.   

Biz barcha faoliyat jarayonlarimizda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorat tizimini doimiy takomillashtirish, xodimlarimizda yuqori etik meʼyorlar va masʼuliyat hissini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. 

Sizlardan "Asia Alliance Bank" ATB tizimida har qanday ko’rinishdagi korrupsiyaviy holatlar kuzatilganda yoki shubha tug‘diruvchi va noqonuniy holatlar yuz berganida zudlik bilan quyidagi aloqa vositalari orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat rahbariyatning, balki barchamizning umumiy burchimizdir.

Ishonch telefoni: (+99871) 231-60-76
Elektron pochta: compliance@aab.uz
Internetdagi sahifa: www.aab.uz
Facebook: https://www.facebook.com/AsiaAllianceBank
Instagram: https://www.instagram.com/asia_alliance_bank
Telegram: https://t.me/asiaalliancebank

Bank rahbariyatining sanksiyalarga rioya qilish masalalari bo'yicha bayonoti

Hozirgi vaqtda Bank yirik moliya institutlari bilan korrespondentlik munosabatlariga ega bo‘lib, ular bilan munosabatlarni o‘rnatish jarayonida ko‘p bosqichli tekshiruvlardan o‘tgan. 

Ta’kidlash joizki, muvaffaqiyatli va uzoq muddatli hamkorlik, shuningdek, bugungi kunga qadar yuqorida qayd etilgan banklar bilan ishonchli munosabatlarni davom ettirishning asosiy sharti banklar o‘rtasida vakillik munosabatlarini o‘rnatishda erishilgan kelishuvlarga qat’iy rioya qilish, xususan, Bank faoliyati va ichki qoidalarining xalqaro Komplayens talablariga to‘liq mos kelishidir. 

Bank quyidagi asosiy sanksiya ro‘yxatlariga qat’iy rioya qiladi:
• BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) tomonidan e'lon qilingan terrorchilarning umumiy ro'yxati;
• Amerika Qo'shma Shtatlarining Konsolidatsiyalashgan sanksiya ro'yxati (“OFAC”);
• Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va boshqa G7 davlatlarining sanksiyaviy qoidalari.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Asia Alliance Bank” ATB rahbariyati mijozlardan “talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ini ochish va yuritish bo‘yicha Shartnoma - Ommaviy oferta”dagi Komplayens shartlariga qat’iy rioya qilishni so‘raydi.

Ariza qabul qilindi!

Menejer siz bilan tez orada bog’lanadi

SpeakUp aloqa kanali


Bank xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaviy xavflar, korrupsiya holatlari va manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishidan xabardor bo‘lsangiz, shuningdek xalqaro sanksiyalarga rioya qilish masalalari yuzasidan Komplayens-nazorat boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.







Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X