IV. Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish, savdo-servis korxonalariga xizmat ko'rsatish1. Yuridik shaxslarning milliy valyutadagi korporativ plastik kartalari bo’yicha xizmat ko'rsatish |
|||||
№ | Nomi |
UzCard / HUMO |
|||
1.1. | Asosiy yoki qo’shimcha korporativ plastik kartani chiqarish, kartaning amal qilish muddati tugaganida, karta yo’qotilganida (yo’qolganda) yoki yaroqsiz holatga kelganda qayta chiqarish |
60 000 so'm (QQS bilan) |
|||
1.2. | Tranzit hisobvarag'idan mijozning korporativ karta hisobvarag'iga mablag' o'tkazish |
O’tkazma summasidan 0,5% |
|||
1.3. | Korporativ karta hisobvarag’iga pul mablag’larini kirim qilish |
bepul |
|||
1.4. | Karta blokirovkasi va blokirovka qilingan kartani faollashtirish |
bepul |
|||
1.5 | Kartaga oylik xizmat ko'rsatish uchun komissiya |
bepul |
Tariflarni qo'llashning umumiy shartlari:
Yuridik shaxslar uchun belgilangan tariflar, agar alohida holatlar ko'rsatilmagan bo'lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, doimiy muassasalarga, xorijiy kompaniyalar vakolatxonalariga, davlat korxonalariga, tashkilotlarga va boshqa muassasalarga xizmat ko'rsatishda ham qo'llaniladi.
Agar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablari yoki O'zbekiston Respublikasining boshqa me'yoriy hujjatlariga muvofiq vositachilik haqining boshqa miqdori yoki vositachilik haqini undirmaslik belgilanadigan bo'lsa, unda ushbu me'yoriy hujjatlarda belgilangan miqdorlar va shartlar qo'llaniladi.